Shaxta pechi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxta pechi — ish boʻshligʻi yuqoriga tik choʻzilgan sanoat pechi; koʻndalang kesimi doira (silindrik, konussimon) yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻladi. Ishlov beriladigan material (shixta) yuqoridan solinadi, tayyor mahsulot esa pastdan olinadi; yoqilgʻining gazsimon yonish mahsulotlari yuqoridan tushib kelayotgan materialga qarshi harakatlanadi. Shaxta pechi, asosan, rudalardan metallar olishda (mas, Domna pechi), metall eritishda (qarang Vagranka), oʻtga chidamli xom ashyoni qattiq qizdirishda ishlatiladi. Shuningdek, metallarga termik ishlov berish uchun elektr qarshilikli Shaxta pechi qoʻllanadi.