Shavla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shavla — ovqat turi. Sh. tayyorlash uchun goʻsht maydaroq boʻlaklarga boʻlinib, sabzi somon shaklida, piyoz parrakparrak qilib toʻgʻraladi. Krzonga yogʻ solib barcha masalliq xuddi palovning zirvagi kabi qovurilib, 2—3 dona pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat qoʻshiladi. Masalliqyaxshi qovurilgach, suv quyib qaynatiladi, tuz va ziravorlar solib taʼmi rostlanadi. Soʻngra yuvib tozalangan guruch solib, kavlab pishiriladi. Agar guruch solinganda suvi kamlik qilsa yana qaynagan suv qoʻshish mumkin. Suvi tortilib, guruchi birbiriga qovushgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor taom olovdan olinib, qopqogʻi yopilgan holda 10—15 min. "dam yediriladi". shahrining ichak Sh., qovurma Sh., loviya Sh., oʻrikli (turshakli) Sh. va boshqa xillari mavjud. Sh. parhez taomlar guruhiga kiradi.