Shavkat Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shavkat Vohidov (1932.11.10, Samarqand — 03.11.2008) — fizik olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), "Koinot" ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi Bosh direktori (1980-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Kosmonavtika federatsiyasi prezidenti (1987-yildan), iqtidorli maktab oʻquvchilari Xalqaro aerokosmik maktabi tashkilotchisi va rahbari (1990-yildan). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, kosmonavtika, spektroskopiya, kristallografiya, radiotexnika va aloqa, asbobsozlikka oid. V. rahbarligida orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlarga meteorlar, fazodagi chiqindilar yoki maxsus jismlar bilan taʼsir koʻrsatilganda shu hodisa qachon va qayerda sodir boʻlganligidan xabar beradigan ixcham yoʻldosh, shuningdek tabiiy ofatlar (sel, qor uyumining koʻchishi va b.) yuz berishidan xabar beradigan va oldini oladigan asboblar, qishloq xoʻjaligi uskunalari yaratildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil