Shatun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shatun (rus. shatat — chayqatmoq, tebrantirmoq) — porshenli mashinalarda mashina porsheni yoki polzuni harakatini tirsakli valga (krivoshipga) uzatuvchi qism (zveno). Uning tirsakli valga biriktiriladigan qismi krivoship kallagi, ikkinchi qarama-qarshi qismi esa porshen (yoki polzun) kallagi deb ataladi. Mexanizmning boshqa harakatlanuvchi zvenolari bilan aylanuvchi kinematik juftlar yordamida birikadi. Porshenli dvigatellar, kompressorlar va nasoslarda, temirchilikpresslash jihozlarida ishlatiladi.