Kontent qismiga oʻtish

Shati al-Qurm

Koordinatalari: 23°37′1″N 58°28′1″E / 23.61694°N 58.46694°E / 23.61694; 58.46694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shati Al-Qurum
Shaharcha
23°37′1″N 58°28′1″E / 23.61694°N 58.46694°E / 23.61694; 58.46694
Mamlakat Ummon
Gubernatorlik Maskat
Vaqt mintaqasi UTC+4
Shati Al-Qurum xaritada
Shati Al-Qurum
Shati Al-Qurum

Shati al-Qurum – Ummon Sultonligi poytaxti Maskat shahri qirgʻogʻida joylashgan eng qimmat turar-joy hududi[1]. Shaharchada koʻplab elchixonalar joylashganligi sababli ham Maskatning diplomatik okrugi sifatida tanilgan.

Shati al-Qurum sharqda Qurum, gʻarbda vazirliklar va elchixonalar, janubda Madinat Qobus hududlari bilan chegaradosh. Avvallari shaharda Sulton Qobus shossesi boʻylab eng koʻzga tashlanadigan joy Intercontinental mehmonxonasi boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib hududda yana bir qancha muhim inshootlar qurilgan. Shaharda bir qancha mehmonxonalar, jumladan, Grand Hyatt, W Hotel Muscat, Crowne Plaza va Days Inn kabi arzon mehmonxonalar, shuningdek, Maskat qirollik opera teatri, kinoteatr, teatr, bir qancha maktablar va shifoxona mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Location: Shatti Al Qurm (27)“. Oman Real Estate. Taif Properties. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.