Sharqiy grenlandiya oqimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharqiy grenlandiya oqimi - Shimoliy Muz okeanidagi sovuq yuza oqim, Arktika havzasini kesib oʻtuvchi oqimning davomi. Suvining temperaturasi Grenlandiya qirgʻoqlari yaqinida 0° dan past, yozda 2,4° gacha. Tezligi 0,9 km/soat. Grenlandiyaning sharqiy qirgʻoqlari boʻylab shim.dan janub tomon yoʻnalgan. Kengligi 350 – 540 km. Aysberg koʻp.