Sharofiddin Aʼlam Ibn Nuriddin Oxund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sharofiddin Aʼlam Ibn Nuriddin Oxund (17-asr 18-asrning 1choragi) — tarixchi olim. Andijon viloyatida tugʻilgan. Keyinchalik Samarkand shahrida yashagan. Hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saklanib qolmagan. "Tarixi Said Roqim" ("Said Roqim tarixi") asarida Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda Amir Temur davridan to 1645 yilgacha, yaʼni ashpgarxoniylartn Buxoro xoni Abdulazizxon taxtga oʻtirguncha boʻlgan davr tasvirlangan. Asarda muhim tarixiy voqealar izchil xronologiya asosida yoritilgan. Xususan, yirik ulamolar, shayxlar, shoirlar va hofizlar haqida muhim maʼlumotlar mavjud.

"Tarixi Sayd Roqim" asari Mirza Salimbek tomonidan Toshkentda nashr etilgan (1913). Asar qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi (30 dan ortiq) hamda SanktPeterburg , Dushanba va Angliya, Fransiya, Misr va Saudiya Arabistonida sakdanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Axmedov B.A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. T., 1985.