Sharnirli mexanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sharnirli mexanizm - zvenolari fakat aylanma kinematik juft (sharnir) hosil qiladigan mexanizm. Zvenolarining harakatiga koʻra, tekis, sferik va fazoviy xillarga boʻlinadi. Tekis Sharnirli mexanizmda sharnir oʻklari parallel joylashgan boʻlib, zvenolari tekis parallel harakat qiladi. Sferik Sharnirli mexanizmda sharnir oʻqlari bitta nuqtada kesishadi. Tekis va sferik Sharnirli mexanizmda kamida 4 ta zveno boʻladi. Fazoviy Sharnirli mexanizmda aylanuvchi juftlarning oʻklari turli burchak ostida kesishadi. Umumiy holda fazoviy Sharnirli mexanizmda kamida 7 ta zveno boʻlishi kerak. Biroq zvenolarining chiziklari va burchak oʻlchamlari orasidagi maʼlum munosabatlarni bajarishda zvenolar soni 4 tagacha kamayadi.

Ish zvenosining harakatiga koʻra, Sharnirli mexanizm siljituvchi, yoʻnaltiruvchi, uzatuvchi va toʻxtabtoʻxtab ishlovchi xillarga boʻlinadi. Sil jitu vch i Sharnirli mexanizm ish zvenosini bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga siljitadi. Yoʻnaltiruvchi Sharnirli mexanizm zvenoning bitta nuqtasini berilgan egri chiziq boʻyicha siljitish uchun moʻljallangan. Uzatuvch i Sharnirli mexanizm maʼlum qonun boʻyicha aylanma harakat hosil qilishga moʻljallangan. Toʻxtabtoʻxtab ishlovchi Sharnirli mexanizm mashinaavtomatlarda ish organlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi. Sharnirli mexanizm texnikaning turli sohalarida (porshenli nasoslar, uchish apparatlari, avtomat mashinalar, hisoblash mashinalari)da, metallurgiya va oziqovqat sanoatida qoʻllanadi.