Shanyuy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shanyuy — qad. turkiylarda "imperator" maʼnosida qoʻllanilgan unvonning xitoy manbalaridagi shakli. Hun imperiyasi (mil. av. 3-asr) hukmdorlarining bosh unvoni boʻlib, mil. 6-asrgacha mavjud boʻlgan bir qancha turkiy davlatlarda ishlatilgan. Xanshu ("Xan sulolasi tarixi") yilnomasida xun hukmdorlari ularning tilida "Tengli kutu shanyuy" deb atalishi va tengli soʻzining hun tilida "tangri, osmon", kutu "oʻgʻil", Sh. esa "keng va buyuk" maʼnosini bildirishi qayd etiladi. Bir qator tadqiqotchilarga koʻra, mazkur jumladagi ikkinchi soʻz kutu "qut, baxt" soʻzlari bilan aloqador boʻlib, "tangri quti" iborasi "xudo baxt ato etgan" maʼnosida ekanligini taʼkidlashadi. Shuningdek, Sh. soʻziniturkiy dabgʻu(yabgʻu) unvoni bilan alokador xisoblashadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bichurin N.Ya., Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 1—3, M.—L., 1950—53.