Shan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shan tili — tay tillaridfn biri; Myanmaning shim.sharqidagi Shan milliy viloyatida, XXRning Yunnan viloyatida, shuningdek, Tailand va Laosda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3 mln. kishidan ortiq (Myanmaning oʻzida 3 mln. kishiga yaqin). Shan tilining 3 lahjasi bor: taylong — Shan viloyatidagi koʻpchilik shanlar soʻzlashadigan lahja; tayne (tayle) — XXRdagi koʻpchilik shanlar soʻzlashadigan lahja; taymau — Iravadi daryosi vodiysida Bamo tumanidagi shanlar soʻzlashadigan lahja. Lahjalar oʻzaro fonetik va leksik jihatdan farqlanadi. Shan tili — urugqabilalar ichidagi kundalik soʻzlashuv tili boʻlib, u Shan viloyatidagina muhim kommunikativ ahamiyatga ega: bu yerda Shan tilida vaqtli matbuot va badiiy adabiyot nashr etiladi. Yozuvi harfboʻgʻinli boʻlib, taxminan 11 —12-asr larda yaratilgan va 2 koʻrinishga ega: taylong lahjasida qoʻllanadigan va harfbelgilari dumaloq shaklda boʻlgan koʻrinishi pali yozuvi dan; boshqa lahjalarda qoʻllanadigan, harfbelgilari burchakli (qirrali) boʻlgan koʻrinishi devanagariaan kelib chiqqan. Eng qad., asosan, diniy mazmundagi yodgorliklari 18-asrga mansub.