Shams qays roziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shams qays roziy (toʻliq ismi — Shamsuddin Muhammad ibn Qays Roziy) (12-asrning oxiri, Ray — 13-asrning 1yarmi) — fors adabiyotshunosi. 1205-yilda Buxoroga kelgan. 1207-yil Malik Sanjar isyonini bostirish maqsadida Buxoroni istilo qilgan Muhammad Xorazmshoh olimni oʻz saroyiga daʼvat etgan va u 1219-yilgacha Xorazmda yashagan. Moʻgʻullar hujumi tufayli Xorazmni tashlab, Muhammad Xorazmshoh bilan birga Iroqqa hijrat qilgan. 1219—26 yillar darbadarlikda hayot kechirgan. Rayda 2 marta asirga tushgan. 1226-yil Fors otabegi Saʼd ibn Zangi xizmatiga kirgan. Donishmand va tajribali Sh.Q.R. tez orada obroʻeʼtibor qozonib, shohning xos nadimlari qatoridan oʻrin olgan.

"Almoʻʼjam fi maʼoyiri ashʼoriilajam" ("Ajam sheʼr oʻlchovlari lugʻati") kitobi mashhur. "Tibʼyon ullugʻat atturki alo lison ulqangʻali" ("Turkiy tilning qangʻali tilidagi mufassal bayoni"), "Aluyub fi muqaffi ashʼor ularab" ("Arab qofiyasining ayblari"), "Kitob ul kofi filaruzayn valqavofi" ("Aruz va qofiya xususida batafsil maʼlumot") kabi risolalar ham yozgan boʻlib, ular bizgacha yetib kelmagan.

"Almoʻʼjam" debocha, 2 qism va xotimadan iborat. Debochada oʻz tarjimai holi — tugʻilgan joyi, yoshlik yillari, turli mamlakatlarga sayohatlari, moʻgʻullarning Kichik Osiyoga hujumi va ularning dahshatli oqibatlari, sarsonsargardonliklari, Rayda 2 marta asir tushgani, asarning yozilishi sababi va taqdiri xususida fikr yuritadi. Kitobning 1qismi aruzga bagʻishlangan boʻlib, 4 bobni oʻz ichiga oladi. Bu bob aruz haqida maʼlumot, ruknlar va ularning nomlanishi; juzvlar va ruknlar asosida vujudga kelgan vaznlar; aruzdagi oʻzgartirishlar — zihoflar; eski va yangi bahrlar tahliliga bagʻishlangan. 2qism qofiya va badiiy sanʼatlardan iborat boʻlib, u sheʼr va qofiya tabiati; qofiya unsurlari va ularning nomlanishi; qofiya unsurlarining qoʻllanishi va nomlanishi; qofiyaning qoʻllanishi doiralari va qofiya turlarining tasnifi; qofiya qusurlari; badiiy sanʼatlar haqida. Xotima qismida sheʼr va shoirlik xususidagi muhim kuzatishlar bayon etilgan. "Almoʻʼjam" adabiyotshunoslik haqidagi qad. va mukammal asar boʻlib, sheʼr nazariyasi va shoirlik shartlari, shoir va munaqqid munosabati xususidagi muhim manba hisoblanadi.