Shamollar sxemasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shamollar sxemasi (meteorologiyada) — maʼlum joydagi (mahalliy) shamol rejimi (yunalishi) ni ifodalaydigan grafik. Odatda, koʻp yillik kuzatishlar asosida oylik, mavsumiy va yillik grafiklar tuziladi. Ufqning asosiy yoʻnalishlari boʻylab bir markazdan taralgan nur shaklidagi chizigʻutarning uzunligi shu yoʻnalishda esgan shamollarning qandaydir qiymatiga (ularning takrorlanishiga, oʻrtacha tezligiga, shu ikki miqdorning koʻpaytmasiga va boshqalarga) mutanosib (uygʻun) boʻladi. Shamollar sxemasi. Nurlar (chiziklar)ning har biri shamolning qaysi tomonga esishini koʻrsatadi (mas, Gʻ — gʻarb, Sh — shimol, SHQ — sharq, J — janub, SHGʻ — shimoligʻarb, SHSHQ shimolisharq, JSHQ — janubisharq, JGʻ — janubigʻarb). Nurlarining uchlari siniq chiziklar yordamida birlashtiriladi. Shamollar sxemasining fan va xalq xoʻjaligidagi nazariy va amaliy axamiyati katta.