Shamol dvigateli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamol dvigateli - shamol oqimining kinetik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan qurilma. Asosiy qismlari: rotor, parrakli baraban, shamol gʻildiragi va boshqa Karusel (rotorli), qanotli va barabanli xillarga boʻlinadi. Karusel Shamol dvigateli ish organining aylanish oʻqi vertikal joylashgan boʻladi. Oʻqning bir tomoniga joylashgan parraklarga shamol taʼsir qiladi, parrakning aylanma tezligi shamol tezligidan oshmagani uchun atigi 15 foizi mexanik energiyaga aylanadi. Shuning uchun kamroq ishlatiladi. Qanotli Shamol dvigateli da oʻq shamol yoʻnalishiga nisbatan gorizontal va parallel joylashadi. Bunday Shamol dvigateli keng tarqalgan, unda shamol energiyasining 48 foizi mexanik energiyaga aylanadi. Barabanli Shamol dvigatelida baraban vali shamol oqimiga nisbatan gorizontal va perpendikulyar joylashgan boʻladi. Shamol dvigateli quvvati shamol gʻildiragining diametriga, shamolning tezligiga bogʻliq. Shamol dvigateli, asosan, shamol energetikasida ishlatiladi.