Shalqar (Navoiy viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shalqar — Navoiy viloyati Uchquduk tumanidagm shaharcha (1989-yildan). Tuman markazi (Uchquduq)dan 4 km jan.sharkda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Uchquduq. Sh. orqali Navoiy — Uchquduq avtomagistrali, Navoiy — Uchquduq — Nukus temir yoʻli oʻtgan. Aholisi 1,4 ming kishi (2003). Shaharchada umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Sh. atrofida foydali qazilmalardan kaolin mavjud.