Shaki Xonlar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaki Xonlar masjidi
ozarbayjoncha: Xan məscidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Muzey
Turi Masjid
Meʼmoriy uslubi Ozarbayjon arxitekturasi
Shahar Shaki
Mamlakat Ozarbayjon
Egasi Yuqori Bosh davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi
Shaki Xonlar masjidi

Shaki Xon masjidi (ozarbayjoncha: Şəki xan məscidi), avval Birinchi Xon masjidi (ozarbayjoncha: Birinci xan məscidi) – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan masjid. XVIII asrda qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaki shahri Muhammad Husayn Xon davrida birmuncha ravnaq topdi. Xalqning turmushi yaxshilandi, masjidlar, qal’a devori bunyod etildi. Muhammad Husayn Xon davridagi eng yaxshi meʼmoriy yutuqlardan biri 1769—1970- yillarda Bozorboshi kvartalidagi bozor maydoni yaqinida qurilgan Xon masjididir.

Masjid qurilishida daryo toshi, pishiq gʻisht, ohak, keramit kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Masjidning umumiy majmuasiga kiritilgan minora masjidning meʼmoriy qiyofasini yanada goʻzal qiladi. Masjid yonida qabr toshlari maxsus naqsh va bezaklar bilan bezatilgan qabriston mavjud. Bu yerda Shaki xonlari, ularning oila aʼzolari va qarindoshlari dafn etilgan, shuning uchun qabriston „xonlar qabristoni“ deb ataladi[1].

Sovet davrida masjiddan dastlab omborxona, 1978—1994-yillarda esa „Ziyolilar uyi“ sifatida foydalanilgan. 1994-yilda mahalliy aholi masjidni taʼmirlab, qayta qurgan. Hozirda Xon masjidi, shuningdek, qabriston va masjid oldidagi minora davlat muhofazasida. 2018-yilgacha masjid sifatida foydalanilib kelingan, keyin esa muzeyga aylantirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sheki City Central Library - Khans' Mosque“. shaki.cls.az. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.