Shaken Aymanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shaken Kenjatoyevich Aymanov (1914.15.2 – 1970.23.12) – qozoq aktyori va rejissyor Qozoq milliy badiiy kinosining boshlovchilaridan. 1933 yildan M. Avezov nomidagi Qozoq drama teatrida, 1940 yildan kinoda ishlagan. "Jambul", "Abay qoʻshiqlari", "Nayzatosh etagida" va boshqa filmlarda suratga tush-gan. Uning "Sevgi haqida qissa" fil-mi bilan Qozogʻistonda muntazam badiiy filmlar ishlash odat tusiga kirdi. Janr jihatdan xilma-xillik, milliylikka, muammolar ahamiyatiga e’tibor bilan filmlar ishlash A. ijodiga xos. Mashhur filmlari: "Sahro qizi" (K. Gakkel bilan hamkorlikda), "Biz shu yerda yashaymiz", "Otalar yeri", "Bir tumanda", "Atamanning tugatilishi" va boshqa 1984 yildan "Qozoqfilm" A. nomi bilan yuriti-ladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil