Shahrisabz konserva aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"SHAHRISABZ KONSERVA" AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziqovqat sanoati korxonasi. Shahrisabz shahrida joylashgan. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosan., qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan: tomat pastasi, meva va uzum sharbatlari, sabzavot konservalari ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1943 yilda boshlangan, 1947 yilda dastlabki konserva mahsulotlari ishlab chiqargan. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1996 yilda korxonada "Mevalar kamalagi" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Korxonaning ishlab chiqarish tizimida pomidor sexi (sutkalik quvvati 1131,2 t pomidorni qayta ishlash; tomat pastasi), meva sexi (olma, behi, nok, shaftoli kompotlari), sharbat sexi (olma, uzum, rovoch sharbati), sabzavot sexi (bodring va pomidor konservalari) va boshqalar yordamchi sexlar mavjud. Shahrisabz konserva aksiyadorlik jamiyati sexlari 90-yillardan boshlab Italiya, Vengriya, Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, korxonada yiliga 750 ming dona tunuka banka tayyorlaydigan sex bor. Tayyorlangan mahsulotlar, asosan, ichki bozorda sotiladi, chet ellarga — Rossiya, Ukraina, Belorussiya davlatlariga (tomat pastaning 30%) eksport qilinadi.

2003 yilda 42834,1 ming shartli banka konserva, shu jumladan, 2197,4 ming banka sabzavot, 33548 ming banka tomat, 7088 ming banka meva konservalari ishlab chiqarildi.