Shahri Rahmatova
| Shahri Rahmatova | |
|---|---|
| Tavalludi |
1927-yil Yermachit qishlogʻi, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati |
| Vafoti | Nomaʼlum |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
| Unvoni |
|
| Mukofotlari |
|
Shahri Rahmatova (1927-yil, Yermachit qishlogʻi, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati – ?) – paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950), KPSS aʼzosi (1949)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahri Rahmatova 1927-yili Kattaqoʻrgʻon tumani Yermachit qishlogʻida tavallud topgan. Rahmatova Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Krupskaya nomli kolxozda kolxozchi (1940—1946), zveno (1946—1949), brigada boshligʻi (1950—1952) boʻlgan, Samarqand kolxoz rhbar kadrlari tayyorlash maktabida oʻqigan (1952—1955), kolxozda urugʻchilik agronomi (1955—1960), brigadir (1960—1973), 1973-yildan uchastka boshligʻi lavozimida ishlagan. Rahmatova boshliq brigadada gektaridan 74,5 sentner paxta yetishtirilgan (1949), 2—4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1959). Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzSE 1977, s. 210
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.
- Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- 1927-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari