Shahboz Xolmurzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahboz Ibrohim oʻgʻli Xolmurzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 26-fevral 1996-yil (1996-02-26) (28 yosh)
Bekobod, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Eshkak eshish
Sport mukofotlari
Osiyo oʻyinlari
Oltin Palembang 2018 M2x
Osiyo chempionati
Kumush Szyashan 2016 M2x
Bronza Pattayya 2017 LM1x
Kumush Chxundju 2019 M1x

Shahboz Ibrohim oʻgʻli Xolmurzayev (1996-yil 26-fevralda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tugʻilgan) — oʻzbek eshkak eshuvchisi, 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, 2018-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni, koʻp karrali Osiyo chempioni sovrindori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yildan Xolmurzayev yoshlar oʻrtasidagi milliy chempionatlarda ilk marta ishtirok eta  boshladi[1]. 2013-yilda Shahboz birinchi marta kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻladi. 2014-yilda Xolmurzayev yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻladi[1].

U 2012-2015-yillarda Bekobod sanoat kollejida ta’lim oladi. 2015-yildan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan.

2016-yilning aprel oyida Shahboz Xolmurzayev Osiyo va Okeaniya olimpiya saralash regatalarida ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik eshkakchi turnirda yettinchi oʻrinni egallab, Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi. 2016-yil avgust oyida Shohboz Xolmurzayev Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.[2]. Dastlabki bosqichda oʻzbekistonlik eshkakchi masofa oʻrtalarida kuchli uchlikdan 8 soniyadan koʻproq orqada qolgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda u 500 metr masofa bosib, argentinalik Brayan Rossoga tezlik bilan yaqinlasha bordi va finalning barcha ishtirokchilari orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻldi, ammo marrada koʻrsatilgan tezlik yosh oʻzbekistonlik eshkak eshuvchining toʻgʻridan-toʻgʻri chorak finalga oʻtishiga yoʻl bermadi[3]. Xolmurzayev marra chizigʻiga 2,34 soniya qolganida Rossoga yutqazadi va keyingi bosqichga oʻtish uchun saralash bosqichida ishtirok etishga majbur boʻladi. Saralash bahslarida Xolmurzayev ikkinchi oʻrinni egalladi va chorak finalda oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi, u poygada raqiblariga anchagina imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurasha olmaydi. Klassifikasion poygalari natijalariga koʻra, Xolmurzayev yakuniy 22-oʻrinni egalladi[4].

Xolmurzayev 2016-yilning sentyabr oyida Shahboz Abdujabborov bilan birga Osiyo chempionatining kumush medali sohibi boʻlishgandi. Bir yil oʻtib, yengil vazn toifasida yakkalik bahslarida qatnashayotgan Xolmurzayev bronza medalini qoʻlga kiritadi.

U 2018-yilda ikkita yoʻnalish boʻyicha Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadi. Yengil vazn toifasida oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi finalga yoʻl oladi va biroq shohsupadan bir qadam narida toʻxtab, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Xolmurzayev u yerda Shahboz Abdujabborov bilan tandemda chiqish qilib, juftlik bahslarida muvaffaqiyatga erishadi. Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari faqat saralash poygasi orqali finalga chiqishga muvaffaq boʻladi, biroq hal qiluvchi poygada Xolmurzayev va Abdujabborov marra chizigʻidayoq kuchli xitoylik ekipajdan oldinga oʻtib, oltin medallarni qoʻlga kiritishadi[5].

2019-yilda Xolmurzayev yakkalik bahslari finalida eronlik Bahman Nassiriga yutqazib, qit’a chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritadi. 2020-yilda Shahboz yopiq inshootlardagi eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi. LM1x toifasidagi musobaqa natijalariga koʻra Xolmurzayev 57 nafar ishtirokchi orasida 5-natijani koʻrsatadi[6].

Mukofoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 28-iyunda Xolmurzayevga “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti topshiriladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Холмурзаев Шахбоз Иброгим ўғли“. 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2022-yil.
  2. „Rowing at the 2016 Rio de Janeiro Summer Games: Men's Single Sculls Round One“ (inglizcha). sports-reference.com (6-avgust 2016-yil). 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  3. Alberto Armendáriz. „Río 2016: un buen comienzo para la delegación argentina en remo“ (ispancha). La Nación (6-avgust 2016-yil). 2017-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.
  4. „Men's Single Sculls Quarter-Finals“ (inglizcha). Sports-reference.com (9-avgust 2016-yil). 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  5. Гребцы сборной Узбекистана завоевали три медали на Азиатских играх
  6. Узбекистанец впервые завоевал медаль за механическую греблю
  7. О присуждении государственной премии «Мард ўғлон»