Seyval
Qiyofa
Seyval (Balaenoptera borealis) — yoʻl-yoʻl kitlar oilasiga mansub sut emizuvchi. Urgʻochisining uzunligi 18,8 m gacha. Erkagi kichikroq. Usti toʻq, biqin qismi och kulrang, qorni kulrangdan oqqacha. Qishda urchiydi. Boʻgʻozlik davri bir yilcha. Ikki yilda bir marta bitta, baʼzan ikkita bola tugʻadi. 5—7 yilda jinsiy yetiladi. Arktikadan Antarktikagacha boʻlgan dengizlarda, jumladan, Uzoq Sharq va baʼzan [[Boltiq dengizi|Boltiq dengizlarida uchraydi. Qisqichbaqasimonlar, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Soni kamaymoqda. Ovlash man etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Seyval“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |