Seysmik razvedka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Seysmik razvedka - kon qidirishning geofizik usullaridan biri. U portlatish va zarba manbalaridan har tomonga tarqalgan elastik toʻlqinlarni oʻrganishga asoslangan. Yer pustila bu toʻlqinlar eng chuqurda joylashgan togʻ jinslarigacha borib yetadi va ularga urilib qisman sinadi, qisman aks etib kaytadi. Yer ustida bu toʻlqinlarni seysmogrammalar sifatida Sr. stansiyalari yozib oladi. Seysmogrammalarni EHM va kompyuterlarda tahlil qilib, toʻlqinlar oʻtgan qatlamlarning geologik tuzilishi, struktura va uzilmalarning chuqurligi, tashkil etgan togʻ jinslarining tarkibi va ular bilan bogʻliq boʻlgan konlar kattakichikligini bilish mumkin.

Seysmik razvedkaning bir qancha metodlari mavjud: kaytgan toʻlqinlar, singan toʻlqinlar, chuqurlikni zonalash metodlari, umumiy chuqurliklar nuktasi kabilar. Bu Yer poʻstining geologik tuzilishini, ayniqsa neft va gaz konlari geologiyasini oʻrganishda va bu konlarni tashkil kilgan turli xildagi tektonik strukturalarni qidirib topishda, shuningdek, muhandislik geologiyasi va gidrogeologik masalalarni yechishda keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil