Kontent qismiga oʻtish

Sey Jan Batist

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sey (Say) Jan Batist (1767-1832) — fransuz iqtisodchisi, tadbirkor, yirik burjuaziya mafkurachisi, erkin savdo va davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik tarafdori. S. 1819-yilda Sanʼat va hunarmandlik milliy konservatoriyasida sanoat iqtisodiyoti kafedrasini boshqardi, 1831-yildan Kollej de Fransda siyosiy iqtisod professor A. Smit taʼlimotini targ'ib etish va uni toʻliq izohlash bahonasida Sey ustozining gʻoyalarini rivojlantirdi va toʻldirdi. Sey iqtisodchilardan birinchi boʻlib boylikning mehnat nazariyasini naflilikka asoslangan subyektiv nazariya bilan almashtirishga urindi. U ishlab chiqarish omillari nazariyasini asoslab qiymatni yaratish jarayonida mehnat, kapital va tabiat (koʻproq yer)ning teng ishtiroki gʻoyasini ilgari surdi. Ishlab chiqarishning omili narxi undan ishlab chikariladigan tovar narxi bilan, oxiroqibatda bu tovarga boʻlgan talab bilan belgilanadi. Sey umumiy tovarlar ortikchaligi mavjud boʻlishi imkoniyatlarini inkor etadi. Sey tomonidan ishlab chiqarish (taklif) oʻziga mos isteʼmol (talab)ni yuzaga keltirishi asoslangan bozorlar nazariyasi (bozorlar qonuni; "Sey qonuni" deb ham ataladi) taʼriflab berildi. Asosiy asarlari: "Siyosiy iqtisod risolasi" (1903), "Siyosiy iqtisod katexizisi" (1917), 6 jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1828 — 1830), "Toʻliq amaliy siyosiy iqtisod kursi" (1829) va Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida roʻy beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-maʼnaviy mohiyatga ega; «goʻzal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qoʻzgʻatish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi va estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi.