Kontent qismiga oʻtish

Sevda Altunoluk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sevda Altunoluk
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi  Turkiya
Tavallud sanasi 1994-Yil 1-aprel
Turkiya

Sevda Altunoluk (turkcha: Sevda Altunoluk — Turkiyalik paralimpiya sportchisi va golbolchi. Ikki karra Paralimpiya chempioni. Anqaraning „Yenimahalle Belediyespor“ klubi va Turkiya terma jamoasida toʻp suradi. Sevda Altunoluk bir necha bor eng yaxshi toʻpurar sovrinini qoʻlga kiritgan. Sevda 2021-yilda BBCning 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritilgan[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevda Altunoluk 1994-yil 1-aprelda tugʻilgan. Asli Tokatlikda tugʻilib oʻsgan[3][4]. Uning singlisi Sevtap Altunoluk ham golbolchi hisoblanadi[5].

Sportdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Altunoluk golbol oʻynashni 12 yoshida boshlagan[6]. Sevda Anqaraning „Mithat Enc Goren Kalpler“ nomli koʻzi ojizlar sport klubida oʻynagan[7][8]. Keyin „Yenimahalle Belediyespor“ klubiga koʻchib oʻtagan[6][9][10]. Uning hozirgi jamoasini golbol boʻyicha erkaklar jamoasi aʼzosi Ekrem Gundogʻdu boshqaradi. Sevda bir necha bor mamlakat miqyosida eng yaxshi toʻpurar sifatida eʼtirof etilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Altunoluk Turkiya ayollar golbol jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda qatnashadi. 2010-yilda Eskishehir turnirida Sevda B divizionida golbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritadi. 2012-yil Ascoli Picenoda boʻlib oʻtgan golbol boʻyicha Yevropa chempionatida u oltin medalni qoʻlga kiritdi va 27 gol bilan toʻpurarlar poygasida yetakchilikni saqlab qolib musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida qayd etildi[11]. 2013-yilda Nastoladagi Pajulahti oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan holda eng yaxshi toʻpurar boʻladi. Altinoluk 2013-yilda Malmyoda boʻlib oʻtgan Malmyo Lady Inter Cup musobaqasida 18 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻlgan edi, garchi uning jamoasi atigi toʻrtinchi oʻrinni egallagan boʻlsada. Keyingi yili oʻsha turnirda jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi va Sevda 17 gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda u Kaunasda boʻlib oʻtgan turnirda A divizionida golbol boʻyicha Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BBC 100 Women 2021: Who is on the list this year?“ (en-GB). BBC News (2021-yil 7-dekabr). 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  2. Goalball player Sevda Altunoluk: 'I am the world’s bestʼ (video), BBC News, 9 Dec 2021
  3. „Goalball - Altunoluk Sevda“ (en). Tokyo2020.org. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  4. „Milli Takımımız Tokat'ta güç depoluyor“ (tr). Tpkat Gençlik ve Spor İl Müdürlüğü. 2022-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  5. „Golbolun Kraliçesi, Kardeşiyle Yeni Şampiyonluklar Hedefliyor“ (tr) (2018-yil 27-sentyabr). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  6. 6,0 6,1 „Yenimahalle Şampiyonlar Yetiştiriyor“ (tr) (2014-yil 7-oktyabr). 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  7. „Goalball Milli Takım Listesi“ (tr). Türkiye Förme Engelliler Spor Federasyonu (2009-yil 1-yanvar). 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-may.
  8. „Gören Kalpler’in turnuva başarısı“ (tr) (2012-yil 9-iyul). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  9. „Yenimahalle’nin gururu Sevda“ (tr) (2013-yil 29-yanvar). 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  10. „Yenimahalle Belediyesi'nden Çifte Kupa“ (tr) (2014-yil 7-oktyabr). 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  11. „IBSA European Goalball Championships 2012“ (en). IBSA. 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-may.