Setouchi (Okayama)
Setouchi
瀬戸内市 | |
---|---|
Koordinatalari: 34°40′N 134°6′E / 34.667°N 134.100°E | |
Country | Yaponiya |
Mintaqa | Chūgoku (San'yō) |
Prefektura | Okayama |
Hukumat | |
• Mer | Akinari Takehisa |
Hudud | |
• Umumiy | 125,45 km2 (50 sq mi) |
Aholisi (February 1, 2023) | |
• Umumiy | 36 499 |
• Zichligi | 029/km2 (075/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00 (JST) |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Setouchi (yaponcha: 瀬戸内市 Setouchi-shi ) ― Yaponiyaning Okayan prefekturasi janubiy qismida joylashgan shahar. 31-yanvar, 2023-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 36 499 nafar kishini tashkil etmoqda[1]. Shahar umumiy maydoni 125.45 km2 ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setouchi shahri Okayama prefekturasining janubi-sharqida, prefektura maʻmuriy markazidan sharqda joylashgan. Shahar janubiy tomonida Seto ichki dengizi va Setonaikai milliy bog'ining bir qismi mavjud. Geografik hududning katta qismi 100-300 metr balandlikdagi tog' va o'rmonlardan iborat.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setouchi subtropik iqlimga ega. Setouchida oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,150.6 mm (45.30 in). Eng nam oy iyul oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27.3 °C (81.1 °F) va eng past harorat yanvarda, taxminan 4.2 °C (39.6 °F) atrofida boʻladi. 2004-yil 30-iyulda Setouchida eng yuqori harorat 37.4 °C (99.3 °F) qayd etildi. Eng sovuq harorat −7.6 °C (18.3 °F) 1981-yil 27-fevralda qayd etildi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya statistika qoʻmitasi maʻlumotlariga koʻra, 2020-yilda Setouchi aholisi 36,048 kishini tashkil qilgan. Setouchi shahrida 1950-yildan buyon aholini ro'yxatga olish ishlarini olib borilmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 41 449 | — |
1955 | 40 619 | −2.0% |
1960 | 38 789 | −4.5% |
1965 | 35 814 | −7.7% |
1970 | 33 769 | −5.7% |
1975 | 35 866 | +6.2% |
1980 | 37 939 | +5.8% |
1985 | 38 838 | +2.4% |
1990 | 38 928 | +0.2% |
1995 | 39 228 | +0.8% |
2000 | 39 403 | +0.4% |
2005 | 39 081 | −0.8% |
2010 | 37 858 | −3.1% |
2015 | 36 975 | −2.3% |
2020 | 36 048 | −2.5% |
Setouchi population statistics[3] |
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setouchi shahar hokimiyati mer va 18 a'zodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan. Shahar kengashi mer-kengash boshqaruv tizimida faoliyat koʻrsatadi. Setouchi shahridan Okayama Prefektura Assambleyasiga (OPA) bitta aʻzo saylanadi. Shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Okayama 2-okrugiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setouchi shahri aralash iqtisodiyotga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi (guruch, qovoq, karam, qo'ziqorin, zaytun yetishtirish), va sanoat tarmoqlariga asoslangan.
Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setouchida to'qqizta davlat boshlang'ich maktabi, uchta o'rta taʻlim maktabi va Okayama prefekturasi ta'lim kengashiga qarashli bitta davlat o'rta taʻlim maktabi mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Setouchi city official statistics“ (ja).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ Setouchi population statistics