Serpulidlar
Jump to navigation
Jump to search
Serpulidlar (serpulidae) — koʻp tukli chuvalchanglar oilasi. Uz. 15 sm ga yaqin. Gavdasining oldingi qismi ohak nay ichida joylangan; unda rangli yirik jabra nurlari dastasi joylashgan. Nurlardan biri oqak qopqoqchaga aylangan. Biror hayvon hujum qilganida ana shu qopqoqcha nay ogʻzini yopadi. S. koʻpincha naylari bilan birbiriga yopishib yashaydi. 500 ga yaqin turi maʼlum; barcha dengizlarda tarqalgan. Suvni filtrlab oziklanadi. [1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |