Serkosporoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Serkosporoz — Cercospora avlodiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Oʻsimlik barglarida turli oʻlcham, shakl va rangdagi dogʻlar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Kasallik kuchli rivojlanganda barglar qurib qoladi. S. qoʻzgʻatuvchilari vegetatsiya davrida tarqaladi, oʻsimlikning zararlangan qoldikdarida qishlaydi. Eng koʻp tarqalgan va zararlilari lavlagi, kartoshka, tok va mevali daraxtlar S.laridir. Kurash choralari: kartoshka va lavlagi dalalarida hosil yigʻilgandan keyin maydonni tozalash, fosfor-kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, fungitsidlar purkash; mevali daraxtlar va toklarning zararlangan qismlarini va toʻkilgan barglarini yoqib yuborish; shoxlarni qirqish; fungitsidlar bilan ishlov berish.