Serhat Akın

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serhat Akın
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Niyazi Serhat Akın
Tavallud sanasi 5-iyun 1981-yil (1981-06-05) (42 yosh)
Tavallud joyi Bretten, Germaniya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1991 FC Viktoria Jöhlingen
1991—2000 Karlsruher SC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2005 Fenerbahçe 125 (41)
2005—2008 Anderlecht 49[1] (13)
2006—20071. FC Köln (ijara)[2] 7 (1)
2008—2009 Kocaelispor 11 (0)
2009 Konyaspor 11 (1)
2009—2011 Karlsruher SC 18 (0)
2011—2012 Turgutluspor 25 (15)
2012 Altay 5 (0)
2013 TSV Grunbach 0 (0)
2013—2014 Berliner AK 07 7 (2)
Milliy terma jamoa
2000—2002 Turkiya U21 22 (12)
2002—2005 Turkiya 16 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Niyozi Serhat Akin (talaffuzi: Serxat Akin; 1981-yil 5-iyunda tugʻilgan) — nafaqadagi turkiyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fenerbahche[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serhat 2000—2005-yillar oraligʻida „Fenerbahche SK“ tarkibida oʻynagan, 140 ta oʻyin oʻtkazgan[3] (147 ta Superliga bahslarida)[4], shundan soʻng 2005-yilning yozida tekinga Anderlechtga oʻtgan.

RSC Anderlecht va 1. FK Köln (2005—2008)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Akin Belgiyaning Anderlecht RSC jamoasiga qoʻshildi. „Anderlecht“dagi birinchi yilida „Standart Liej“ qarshi bahsda ilk golini urdi. Jamoa 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va Belgiya birinchi divizionida chempion boʻlishga yordam berdi.

Qishki transfer oynasida imkoniyatlar yoʻqligi va futbolchilik staji Nikolas Frutos, Mohammed Tchite va Mbo Mpenzadan past boʻlgani uchun Ikkinchi Bundesliga vakili „Köln“ga ijaraga berildi. 2006—2007-yilgi mavsumda oshqozoni bilan bogʻliq muammolari tufayli yarim yilga safdan chiqdi. Biroq, Tchitening transferi va 2007—2008-yilgi Jupiler ligasining boshida Frutosning jarohati bilan Akin Anderlechtning asosiy oʻn birligiga qaytdi. Murabbiy Franki Vercauterenning ishonchini oqladi, UEFA kubogi doirasida „Rapid Vena“ga qarshi oʻyinda ikkita muhim gol urdi[5].

Kocaelispor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akin 2008—2009-yilgi mavsum uchun Turkiya Superligasiga endigina koʻtarilgan jamoasi Kocaelispor bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Biroq, Kocaelispor bilan olti oy oʻtgach, jamoa maoshini toʻlay olmagani uchun jamoani tark etdi[6].

Karlsrue[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning noyabrida Karlsruher Sport klubi bilan 2010-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi[7].

Turgutluspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akin TFF Ikkinchi Liga jamoasiga futbolchi-menejer etib tayinlangan eski jamoadoshi Yusuf Şimşekning taklifini qabul qilib Turkiyaga qaytdi. Menejerining soʻzlariga koʻra, Akinning mashhurligi pasayganidan keyin ancha kamtar futbolchiga aylangan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya terma jamoasi safida 16 marta maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Shuningdek, 21 yoshgacha boʻlgan Turkiya terma jamoasi safida 22 marta maydonga tushib, 12 ta gol qayd etgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fenerbahçe SK
  • Belgiya Pro-ligasi: 2005—2006

Mnbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Akın, Niyazi Serhat“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 22-mart 2010-yil.
  2. „Serhat Akin“ (olmoncha). fussballdaten.de. Qaraldi: 10-yanvar 2010-yil.
  3. „Serhat Akin“. world football. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
  4. „Serhat Akin“. world football. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
  5. „Serhat: "It's a small miracle"“. anderlecht-online.be (26-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2010-yil.
  6. „Serhat Akın, Kocaelispor'dan ayrıldı“ (turkcha). samanyoluhaber.com (20-dekabr 2008-yil). 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2011-yil.
  7. „KSC holt Serhat Akin“ (olmoncha). ksc.de (13-noyabr 2009-yil). 2009-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2010-yil.
  8. „Futbolcu Yusuf, hocasi Simsek'i cok begeniyor“ (turkcha). zaman.com.tr (10-oktabr 2011-yil). 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2011-yil.