Sergey Tetyuxin
Sergey Yuryevich Tetyuxin | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud sanasi |
1975-yil 25-sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati |
Boʻyi | 1.97 sm |
Vazni | 89 kg |
Sport | |
Qaysi sport | voleybol |
Faol tomoni | tashqi hujumchi |
Sergey Yuryevich Tetyuxin (ruscha: Серге́й Юрьевич Тетюхин; 1975-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq rossiyalik voleybolchi. Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida tugʻilgan[1]. Boʻyi 1,97 sm, oʻyindagi vazifasi hujumchi. Sergey Tetyuxin, Samuele Papi va Sergio Santoslar sport faoliyati davomida toʻrtta Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan uchta erkak voleybolchilar hisoblanishadi. Biroq Tetyuxinning oʻzi toʻrtta Olimpiada medaliga ega boʻlish bilan bir qatorda oltin, kumush va bronza medallarining uchalasini ham qoʻlga kiritgan yagona voleybolchi hisoblanadi. Shu jumladan, Tetyuxin London Olimpiadasida oltin medalga ham ega boʻlgan. U 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida bayroqdor boʻlib, jami hisobda oltita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sergey Tetyuxinning bolalik yillari Farg‘onada o‘tgan. Sportchining birinchi murabbiyi uning otasi Yuriy Ivanovich hisoblanadi. Tetyuxinning sport faoliyatidagi ilk jamoa Toshkentning „Sharq qanotlari“ jamoasi bo‘lgan. 1992-yilda oʻzgargan ijtimoiy-siyosiy vaziyat va oʻz yurtida sport sohasida yuqori istiqbollarga erishish imkoniyatining pastligi sababli Tetyuxinlar oilasi Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilishadi va SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Yuriy Furaevning maslahati bilan Rossiyaning Belgorod shahriga kelishadi. U yerda Sergey Tetyuxin „Belogorie Belgorod“ jamoasiga qabul qilinadi.
Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1995-yilda Tetyuxin „Lokomotiv Belgorod“ klubi bilan birinchi marotaba Rossiya kubogini qoʻlga kiritadi, 1997 va 1998-yillarda esa mamlakat chempioniga aylanadi va 1999-yilga kelib, ilk marotaba chempionatning eng qimmat sportchisi sifatida tan olinadi va Andrey Kuznetsov mukofotiga ega chiqadi. 1999—2000-yilgi mavsumda Tetyuxin ikki rossiyalik sportchi Ilya Saveliyev va Stanislav Dineykin bilan birgalikda Italiyaning „Parma“ klubida oʻynay boshlaydi. Birinchi mavsumni A1 seriyasida oʻtkazgan jamoa, asosan, rossiyalik trio tufayli, mavsumda beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻladi.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sergey Tetyuxinning ota-onasi Yuriy Ivanovich va Lyubov Oblakimovna — Rossiyada xizmat koʻrsatgan voleybol murabbiylari, Belgorod viloyatidagi 22-sonli Belgorod gimnaziyasi hisoblanishadi. Kichik ukasi Oleg voleybol boʻyicha sport ustasi va voleybol hakami.
Sergey va uning rafiqasi Natalyaning uchta oʻgʻli bor. Ular: Ivan, Pavel va Aleksandr. Pavel Tetyuxin (2000-yilda tug‘ilgan) 2018—2019-yilgi mavsumdan beri „Belogorie Belgorod“ ning asosiy jamoasi safida autsayder sifatida o‘ynab kelmoqda. 2021-yilning sentabr oyida esa ilk marotaba Rossiya terma jamoasi safida oʻyin olib bordi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1999-yil Yevropa chempionati — eng yaxshi toʻp qabul qiluvchi;
- 2001-yil Doʻstlik ordeni[2];
- 2002-yil FIVB jahon chempionati — Super Seven tanlovida tashqi hujumchi;
- 2003-yil CEV Chempionlar ligasi — eng qimmat oʻyinchi;
- 2009 yil „Vatanga xizmatlari uchun“ medali[3];
- 2011-yil CEV Chempionlar ligasi — eng yaxshi server;
- 2012-yil Rossiya shon-sharaf ordeni
- 2014 CEV Chempionlar Ligasi — eng qimmat oʻyinchi;
- 2014-yil FIVB klublar oʻrtasidagi jahon chempionati — eng yaxshi tashqi spiker;
- 2016-yilgi Olimpiyada saralashi oʻyinlari — eng qimmat oʻyinchi;
- 2016-yil Yevropa Konfederatsiyasi — yilning eng yaxshi voleybol elchisi.
Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]
CEV Chempionlar Ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002—2003 — „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
2003—2004 — „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
2004—2005 — „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
2005—2006 — „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klub bilan;
2007—2008 — „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
2010—2011 — „Qozon Zenit“ klubi bilan;
2013—2014 — „Belogorie Belgorod“ klubi bilan.
FIVB klublar oʻrtasidagi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
CEV kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996—1997 — „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
2008—2009 — „Lokomotiv-Belogoriya Belgorod“ klubi bilan;
2017—2018 — „Belogorie Belgorod“ klubi bilan.
CEV Chellenj kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy chempionatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1994—1995
Rossiya chempionati, "Lokomotiv Belgorod " klubi bilan;
- 1994—1995
Rossiya kubogi, „Lokomotiv Belgorod“ klubi bilan;
- 1995—1996
Rossiya chempionati, „Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1995—1996
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1996—1997
Rossiya chempionati, „Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1996—1997
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1997—1998
Rossiya chempionati, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 1997—1998
Rossiya kubogi, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 1998—1999
Rossiya chempionati, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 2001—2002
Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2002—2003
Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2002—2003
Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2003—2004
Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2004—2005
Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2004—2005
Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2005—2006
Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2006—2007
Rossiya chempionati, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 20062007
Rossiya kubogi, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 2007—2008
Rossiya chempionati, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 2008—2009
Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2009—2010
Rossiya chempionati, „Qozon Zenit“ klubi bilan;
- 2009—2010
Rossiya kubogi „Zenit“ klubi bilan;
- 2010—2011
Rossiya Superkubogi 2010, „Qozon Zenit“ kubogi bilan;
- 2010—2011
Rossiya chempionati, „Qozon Zenit“ klubi bilan;
- 2011—2012
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2012—2013
Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2012—2013
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014
Rossiya Superkubogi 2013, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014
Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015
Rossiya Superkubogi 2014, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015
Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015
Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2015—2016
Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Katta jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1996
FIVB Jahon ligasi;
- 1997
FIVB Jahon ligasi;
- 1998
FIVB Jahon ligasi;
- 1999
FIVB Jahon chempionati;
- 1999
CEV Yevropa chempionati;
- 2000
Olimpiya oʻyinlari;
- 2000
FIVB Jahon ligasi;
- 2001
FIVB Jahon ligasi;
- 2001
CEV Yevropa chempionati;
- 2002
FIVB Jahon ligasi;
- 2002
FIVB jahon chempionati;
- 2003
CEV Yevropa chempionati;
- 2004
Olimpiya oʻyinlari;
- 2004
CEV Yevropa ligasi;
- 2005
CEV Yevropa chempionati;
- 2006
FIVB Jahon ligasi;
- 2007
FIVB Jahon chempionati;
- 2007
CEV Yevropa chempionati;
- 2008
Olimpiya oʻyinlari;
- 2008
FIVB Jahon ligasi;
- 2009
FIVB Jahon ligasi;
- 2011
FIVB Jahon chempionati;
- 2012
Olimpiya oʻyinlari.
Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Великий“. «Чемпионат.com» (1-yanvar 2013-yil). 5-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 13 августа 2012 года № 1165 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“ (deadlink). Официальный интернет-портал правовой информации (15-avgust 2012-yil). 25-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2012-yil.
- ↑ „В России стало на 12 заслуженных мастеров спорта больше“. «Спорт-Экспресс» (4-dekabr 1999-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2012-yil.