Sergey Rusetskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Rusetskiy
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-mart 1989-yil (1989-03-08) (35 yosh)
Tavallud joyi Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zorka-BDU Minsk (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006–2007 Zvezda-BGU Minsk 30 (2)
2008–2011 Baník Most 49 (2)
2009 FC Chomutov (ijara) 15 (8)
2012 Zvezda-BGU Minsk 12 (7)
2012 Brage 10 (2)
2013–2017 Energetik-BGU Minsk 72 (24)
2013 FC Minsk (ijara) 1 (0)
2014 FC Dnepr Mogilev (ijara) 6 (0)
2018 Buxoro (futbol klubi) 10 (1)
2018 FC Smolevichi 14 (0)
Milliy terma jamoa
2009–2011 Belarus U-21 4 (3)
2011 Belarus U-23 1 (0)
Boshqargan klublari
2020– FC Zorka-BDU Minsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Rusetskiy ( belaruscha: Сяргей Русецкi; ruscha: Серге́й Русецкий; 1989-yil 8-martda tugʻilgan) — belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 2020-yildan Minskning Zorka-BDU ayollar klubi bosh murabbiyi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rusetskiy o'z faoliyatini 3-ligadagi „Zvezda-BGU Minsk“ jamoasida o'ynashdan boshlagan. 2008 yil boshida Chexiyaning FK Banik Most jamoasiga o'tdi.

2008-yildan 2011-yilgacha Chexiyaning ikkinchi divizioni ishtirokchisi hisoblangan „FK Banik Most“ klubi futbolchisi bo'lgan. 2009-yilda „Chomutov“ga ijaraga berilgan. 2012-yilda „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. O'sha yili ijara asosida Shvetsiyaning „Brage“ futbol klubida o'ynadi.

2013-yil boshida u yana „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. Lekin yozda jarohati tufayli jamoani tark etdi.

2014-yilning avgust oyida „Dnepr Mogilev“ klubi futbolchisiga aylandi. 2015-yildan boshlab Rusetskiy yana Zvezda-BGU Minskda o'ynay boshladi. 2016-yilgi mavsumning aksariyat qismini jarohati sababli o'tkazib yubordi.

2018-yilning birinchi qismida „Buxoro“ safida to'p surgan. Ulugʻbek Baqoyev qoʻl ostidagi jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan[2]. 2018-yilning 2-mart kunida Buxoro klubi Buxoro viloyatidagi musiqali drama teatrida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini oʻtkazgan va shu marosim davomida Sergey Rusetskiyga 89-raqamli futbolka topshirilgan[3]. Iyul oyida Rusetskiy Belarusga qaytib, „Smolevichi“ klubi safiga o'tdi. 2019-yilning yanvarida „NFK Minsk“ klubiga o'tdi va avgust oyida jamoani tark etdi.

Umumiy hisobda Rusetskiy Belarus Premier-ligasida 21ta o'yin o'tkazgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zorka-BDU W“. 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  2. „Sergey Rusetskiy“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  3. „«Buxoro» yangi futbolchilarni tanishtirdi“ (2018-yil 2-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]