Sergey Obrazsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sergey Vladimirovich Obrazsov [1901.22.6 (5.7) – Moskva – 1992.8.5] — qoʻgʻirchoq teatri aktyori va rejissyor 1920 yildan estradada parodiyachi aktyor (qoʻgʻirchoklar bilan) boʻlib ishlagan. 1931 yildan Moskva markaziy qoʻgʻirchoq teatrini boshqargan, teatr nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqqan, aktyor va rejissyorlar tayyorlagan, repertuarini bo-yitgan. "Alovuddin chirogʻi", "Antiqa konsert", "Mister Tvister", "Markaziy qoʻgʻirchoq teatri gapiradi va koʻrsatadi", "Shoʻrtan baliq amri bilan" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda ham ssenariychi, ham rejissyor sifatida "Kinokamera ayblaydi", "Aklga sigʻmas haqiqat", "Kichik doʻstlarimiz", "Kimga ham kerak, bu Vaska" singari filmlarni ekranga chiqardi. Obrazsov oʻz teatri bilan 1971 yil Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil