Sergey Novitskiy
| Sergey Novitski | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | Rossiya |
| Tavalludi |
1981-yil 16-may Moskva |
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
| Oldingi sheriklari | Yana Xoxlova |
| Uchishni boshlagan | 1986 |
| Yakunlagan | 2010 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 203.26 |
| Standart raqs | 37.98 |
| Original raqs | 65.99 |
| Erkin raqs | 99.66 |
Sergey Nikolaevich Novitskiy (ruscha: Серге́й Никола́евич Нови́цкий; 1981-yil 16-mayda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Yana Xoxlova bilan birga 2010-yilning apreligacha konkida uchgan. Ular birgalikda 2008-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari, 2009-yilgi Yevropa chempioni va ikki karra (2008 — 2009) Rossiyaning milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergey dastlab yakka holda konkida uchuvchi bo‘lgan, uch hatlab sakrash elementini bajara olmagani sabab, muz ustida raqsga o‘tgan. Faoliyatining boshida u Oksana Goncharenko bilan konkida uchgan. Keyinchalik nafaqaga chiqqunga qadar Natalya Lepetyuxa bilan juftlikda konkida uchgan[1].
Sergey 2001-yil oktyabr oyida murabbiy Larisa Filina taklifi bilan Yana Xoxlova bilan sheriklik qilgan. Uch oy oʻtgach, juftlik Rossiyaning milliy musobaqasida qatnashib, yettinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2003-yilda murabbiylar Aleksandr Svinin va Irina Jukning jamoasiga oʻtgan. Xoxlova / Novitskiy asosan Moskvaning Sokolniki muz maydonida mashgʻulot oʻtkazardi[2].
Xoxlova / Novitski juftligi 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiadada 12-oʻrindan joy olgan. 2006-yilning kuzida juftlik Gran-pri doirasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi medallarini qoʻlga kiritgan va Gran-pri finalida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Ular 2007-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi, Jahon chempionatida esa sakkizinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2008-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Jahon chempionatida ular qisqa raqs namoyishi uchun ikkinchi oʻrinni, erkin raqsda esa beshinchi oʻrinni egallab, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrindan joy olgan holda, Jahon medalini qoʻlga kiritganlar.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Xoxlova bilan)
| Mavsum | Original raqs | Erkin raqs | Standart raqs |
|---|---|---|---|
| 2009 — 2010 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xoxlova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 02-03 | 03-04 | 04-05 | 05-06 | 06-07 | 07-08 | 08-09 | 09-10 | |
| Olimpiada | 12 | 9 | |||||||
| Jahon chempionati | 12 | 8 | 3 | 6 | WD | ||||
| Yevropa chempionati | 10 | 4 | 3 | 1ㅤ | 3 | ||||
| GP finali | 5 | 5 | WD | ||||||
| GP Bompard | 6 | 2 | |||||||
| Xitoy GP kubogi | 3 | 3 | 2 | ||||||
| Rossiya GP kubogi | 7 | 1ㅤ | |||||||
| GP NHK Trophy | 6 | 4 | 2 | 3 | |||||
| GP Skate America | 4 | ||||||||
| GP Skate Canada | 6 | ||||||||
| Nebelhorn Trophy | 2 | ||||||||
| Universiada | 1ㅤ | 1ㅤ | |||||||
| Milliy | |||||||||
| Rossiya chempionati | 7 | 5 | 4 | 3 | 3 | 2 | 1ㅤ | 1ㅤ | |
| WD = musobaqani tark etgan | |||||||||
- ↑ Verezemskaya, Olga. „Emerging from the shadow: Old school "Sokolniki" decides to start anew“ (ru). Moskovskiy Figurist. Federation of Figure Skating in Moscow (2012-yil 6-noyabr). 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Sergei Novitski: Elena Ilinykh and Nikita Katsalapov have every chance to achieve great success in Sochi-2014“ (ru). allsportinfo.ru (2010-yil 5-dekabr).