Kontent qismiga oʻtish

Sergey Naumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Nikolayevich Naumov (1874.6.7, Kaluga — 1933.11.12, Toshkent) — kimyogar. Turkiston universiteti professor (1920-yildan). 1920—24 yilda shu universitet tibbiyot boʻlimi dekani, laboratoriya mudiri (1924—25), organik kimyo kafedrasi mudiri (1925-yildan). N.ning naftenlar sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega. N. tomonidan sintez qilingan 1,4-dimetilgeksametilen yangi modda sifatida tan olingan. U xinon va to-luxinondibromidlar tuzilishini, xossalarini oʻrganish sohasida chuqur izlanishlar olib bordi, 2,3-siklogek-sandion 1,4-dikarbon efirining tuzilishini topdi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monooksim, dioksim, monogridrazon, bipirazolon, ozazon va boshqalarni sintez qildi. Uning ilmiy kuzatishlari natijalari oʻlaroq izomerlanish reaksiyalariga ancha aniklik kiritildi, turli efir moddalari sintezi amalga oshirildi. N.ning Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydigan tabiiy selitrani sintez sohasida qoʻllash borasidagi ishlari amaliy ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekistonda kimyo fanining rivojlanishi, milliy kadrlar tayyorlash, yangi yoʻnalishdagi ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning yoʻlga qoʻyilishida N.ning xizmatlari katta. Uning shogirdlari orasida SYU.Yunusov, O.S. Sodiqov, h.Rustamov, K.S. Ahmedov kabi mashhur kimyogarlar bor. Oʻzbekiston milliy universitetining kimyo fakulteti professor S.N.Naumov nomi bilan ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil