Sergey Mavrodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Mavrodi
Tavalludi 11-avgust 1955
Vafoti 26-mart 2018
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Otasi Panteley Mavrodi

Sergey Panteleyevich Mavrodi (1955-yil 11-avgust, Moskva, SSSR – 2018-yil 26-mart, Moskva, Rossiya) – bir qancha moliyaviy piramidalarning asoschisi, siyosatchi va yozuvchi. Rossiyadagi eng yirik moliyaviy piramida hisoblangan „MMM“ OAJning yaratuvchisi sifatida tanilgan. „MMM“ OAJdan zarar koʻrganlar soni 10-15 million kishi va yetkazilgan zarar baʼzi maʼlumotlarga koʻra 3 milliard rublgacha boradi.

2003-yilda katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan[1][2] va sud jarayonida 10 454 kishi jabrlanuvchi deb topildi.

1994-1995 yillarda Davlat Dumasining deputati boʻlgan va Ukrainada „Xalq poytaxti“ va „MMM“ partiyalariga (ukraincha: Ми Маємо Мету) asos solgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Panteleyevich Mavrodi 1955-yil 11-avgustda Moskvada tavallud topgan. Millati: onasi tomonidan rus, otasi tomonidan yarmi ukrain va yarmi yunon[3]. Otasi – Panteley Andreyevich Mavrodi (1980 yilda oʻpka saratonidan vafot etgan), onasi – Valentina Fedorovna Mavrodi (niya Monaxova) – (1986 yilda jigar saratonidan vafot etgan)[4]. Kichik ukasi – Vyacheslav (1962 yilda tugʻilgan).

"MMM"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda SSSRga import qilingan kompyuterlar va butlovchi qismlar bilan savdo qiluvchi " MMM " kooperativiga asos solgan[5]. Vaqt oʻtishi bilan turli faoliyat sohalarida yana bir necha oʻnlab tijorat tuzilmalari yaratildi. 1992-yilda " MMM " aksiyadorlik jamiyati roʻyxatga olindi va keyinchalik Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaga aylandi. Ushbu moliyaviy piramidadan tahminan 10-15 milliongacha odam jabr koʻrgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Mavrodining Moskvadagi Troekurovskoye qabristonidagi qabri

2018-yil 26-mart kuni Sergey Mavrodi Moskvaning Polikarpov koʻchasidagi avtobus bekatida yurak ogʻrigʻi sabab tez yordam chaqirildi. Shifokorlar Mavrodini tunda 67-sonli Moskva shahar kasalxonasiga olib borishdi va u yerda yurak xurujidan vafot etgan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televideniyeda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В квартире Сергея Мавроди идет опись имущества“. www.lenta.ru. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  2. „Мавроди Сергей Пантелеевич“. Комитет пострадавших дольщиков. 2012-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  3. „Бизнес-секреты: Сергей Мавроди“ (ru-RU). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  4. „Биография Мавроди Сергея Пантелеевича ~ Эталон стабильности МММ“. 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  5. Ольга Тимирчинская. „Пирамида лжи: как разваливалась МММ“. Газета.ru (2019-yil 23-iyul). — „Кооператив был зарегистрирован в Ленинском исполкоме Москвы и первоначально занимался вовсе не финансами, а торговлей импортной оргтехникой, ввозя в СССР компьютеры и комплектующие.“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  6. Анютка Зарва. „Пусть говорят - Сергей Мавроди (2007)“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  7. В гостях у Гордона. „Сергей Мавроди. "В гостях у Дмитрия Гордона". 1/2 (2010)“. 2020-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  8. МММ. „"Моя правда" Сергей Мавроди“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  9. MMMEmpire. „Сергей Мавроди в передаче Гордон Кихот | mmm-empire.com“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  10. Vladimir Nefedov. „К барьеру - Александр Хинштейн против Сергей Мавроди“. 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
  11. „Okko представил премьеру документального сериала о Сергее Мавроди“ (ru). Афиша. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]