Sergey Gritsayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Gritsayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Sergeyevich Gritsaev
Tavallud sanasi 10-may 1961-yil (1961-05-10) (62 yosh)
Tavallud joyi Selinogorod, Qozogʻiston SSR
Vafot sanasi 18-may 1996-yil(1996-05-18)
(35 yoshda)
Vafot joyi Koʻkshetau, Qozogʻiston
Boʻyi 177 sm
Ampluasi Hujumchi

Sergey Sergeevich Gritsaev[1] (1961-yil 10-may, Tselinograd, Qozoq SSR, SSSR — 1996-yil 18-may, Kokshetau, Qozogʻiston) — sovet va qozoq futbolchisi. Selinogradning „Selinnik“ jamoasi qoshidagi oʻquv maktabida futbolga oid bilimlarni olgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sportdagi faoliyatini 1977-yilda Ostonaning „Selinnik“ jamoasida boshlagan. 1980-yilda SSSR harbiy xizmatiga chaqirildi va armiyada xizmat qildi. 1982-yil harbiy xizmat yakunlaganidan soʻng yana Selinnik jamoasi tarkibiga qaytdi. 1983-yilda Sergey sport rejimini buzgani uchun shartnomasi tugatilgan[2].

1985-yilda u Qozogʻistonning bosh jamoasi „Ekibastuzets“ klubi tarkibiga oʻtdi. Ekibastuzets klubi uchun 1984-yildagi mavsumda 18 ta gol urdi, bu oʻsha davrda jamoaning bir mavsumdagi rekordi edi.

1986-yil oʻzini sermahsul oʻyinlari natijasida oʻsha davrning Qozogʻistonning kuchli jamoalari „Traktor“ va „Shaxtyor“ (Qaragʻandi) jamoalari tarkibida toʻp surdi. 1991-yilgi mavsumda bir mavsum davomida Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi tarkibida toʻp surdi.

1990-yilda u Ostonaning Selinnikga qaytib keldi. 1992-yilda Qozogʻiston chempionatida tarixda „Selinnik“ jamoasining birinchi golini urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shu yilning oʻzida Qozogʻiston chempionatida birinchi boʻlib bitta oʻyinda 5 ta gol (penta trik) muallifiga aylandi[3].

1994-yilda u Rossiya birinchi ligasining „Zvezda Perm“ jamoasida oʻynagan. 1995-yilda „Amkar“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlabki rasmiy oʻyinidayoq gol muallifiga aylandi[4].

1996-yilda Qozogʻiston chempionatiga qaytib keldi va Koʻkshetauning „Kokshe“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Koʻkshetau jamoasi tarkibidagi 3-oʻyinida Gritsayevning uning yuragi toʻxtab qoldi va vafot etdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „: FootBook :. Сайт футбольной статистики“. 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-yanvar.
  2. „История ФК «Целинник» в 1983“ (ru). Сайт болельщиков ФК «Астана-1964». 2013-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
  3. „Tselinnik“ Akmola — „Urales“ Uralsk — 6:0 01.06.1992
  4. „На футбольной орбите: иностранец из… Казахстана“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.
  5. „Турнир памяти Сергея Грицаева“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]