Serezin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Serezin (lotincha: cera — mum) — yuqori molekulali qattiq atsiklik va siklik toʻyingan uglevodorodlar aralashmasi. Oq rangdan jigarranggacha; mumga oʻxshaydi. Tabiiy S. 57—80° da, sintetik S. esa 90—100° da suyuqlanadi. Ozokerit, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda uglerod oksid bilan vodoroddan sintez qilib olinadi. Konsistent surkamalar tayyorlashda, elektr izolyatsiya materiali sifatida asbob va uskunalarni zanglashdan saqlashda, qogʻoz va gazlamalarga shimdirishda va tibbiyotda qoʻllanadi.