Sensitometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sensitometriya — fotografik metrologiyaning yoruglik sezgir materiallarning fotografik xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan sohasi. Keyinchalik S.ning oʻrganish sohalari kupaya bordi (fotometriya usullari astronomiya, spektroskopiya va boshqa sohalarga tatbiqqilinadi). S. 3 asosiy bulim: densitometriya, integral S. va spektral Sdan iborat. Integral S. fotofafik materialga tabiiy yorugʻlik yoki boshqa xil yorugʻliklar taʼsirini tekshirish bilan, spektral S. turli toʻlqin uzunlikdagi yorugʻlikning fotomaterialga bir tekis taʼsir qilishini aniklash bilan shugʻullanadi. Tekshirilayotgan fotomateriallarning xiliga qarab, S. oqqora materiallar, rangli fotomateriallar, fotoqogʻozlar hamda ionlashtiruvchi nurlanishlarni qayd qiladigan S.ga boʻlinadi. S.da densitometr, mikrofotometr, sensitometr, spektrosensitometr va boshqa asboblar ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil