Sensitometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sensitometr (lot. sensitivus — sezgir va metr) — fotomateriallarning yorugʻlik sezgirligi va boshqa koʻrsatkichlari (mas, yoritilish miqdori)ni aniqlaydigan asbob. S.da tekshiriladigan material (fotoplyonka, kinoplyonka, aeroplyonka) 0,02 dan 0,10 sek gacha boʻladi. Tekshirish natijasida materialda hosil qilingan tasvir sensitogramma deyiladi. Sensitogrammaga qarab fotomaterialning qanday yorugʻlik bilan yoritilishi aniqlanadi.

Fotomateriallar ekspozitsiyasini aniqlash uchun spektrosensitometr ishlatiladi. Fotomateriallarni har tomonlama oʻrganishda maxsus S. — izoopakometrlardan foydalaniladi. Tekshiriladigan fotomateriallarning turiga qarab, S. oqqora va rangli materiallar, ionlovchi nurlanishlarni qayd qilish uchun moʻljallangan fotofafiya qogʻozlari va materiallarini tekshirishda qoʻllanadigan turlarga bulinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil