Senaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Senaj (rus. seno — pichan) — namligi 50—55% ga qadar soʻlitilgan koʻk poyalarni germetik sharoitda konservalash yoʻli bilan tayyorlanadigan ozuqa. S.ni pichan va silos uchun foydalaniladigan barcha turdagi oʻtlar va ularning aralashmasidan tayyorlash mumkin. Koʻproq dukkakli oʻtlardan tayyorlanadi. Oʻtlarni oʻrish, soʻlitish, maydalash, transheyaga bosish, shibbalash va ustini yopish jarayonlarini qamraydi. Ustiga ikki qavat polietilen plyonka yopilib, 30 sm qalinlikda tuproq bilan koʻmiladi. Molga berish uchun 20 kunda tayyor boʻladi. S. ochilgach, kundalik ratsionga loyiq miqdori olinib, darhol usti zich yopib qoʻyilishi lozim. Aks holda havo taʼsirida oksidlanib sifati buziladi. Usti ochilmagan S.ni 1 — 2 yil saqlash mumkin. S. bostirish uchun oʻsimliklar gʻunchalash va gullay boshlash davrida oʻriladi. 100 kg beda Si da 35—40 ozuka birligi, 4–5 kg hazm boʻladigan protein, 450—460 g karotin bor. 1 kg S.ning toʻyimliligi 0,33— 0,35 ozuqa birligi (3,6 Mj almashinuvga energiya)ga teng.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil