Semasiologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Semasiologiya (yun. semasia — maʼno, mazmun va ... logiya) — 1) tilning , til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik koʻrinishiga qarshi qoʻyiladigan maʼnoviy tomonini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi. S. nafaqat alohida olingan leksik unsurlar — morfema va soʻzlarning , balki grammatik unsurlar — soʻz shakllari, grammatik morfemalarning ham semantikaati oʻrganadi. Jahondagi barcha tillarni parallel oʻrganishda til va tafakkur munosabati muammosini oʻrganuvchi umumiy S. kerak boʻladi; 2) leksik unsurlar — morfema va soʻzlarning semantik mazmuni haqidagi fan, shu maʼnoda, asosan, leksikologiya bilan muvofiq keladi. Ayrim olimlar S.ni leksik unsurlarning maʼnoviy oʻzgarishlari (maʼno taraqqiyoti) haqidagi taʼlimot bilan — ichki (affikssiz) soʻz yasalishi bilan chegaralab qoʻyadilar. Bu holatda S, etimologiya singari, leksikologiya bilan chambarchas bogʻliq boʻladi va soʻzlarning Kuchma maʼnolari, shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlari (omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar) S.ning tadqiqot obʼyekti boʻlib hisoblanadi.

Abduvahob Madvaliyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil