Semarang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Semarang — Indoneziyadagi shahar. Markaziy Yava provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Yava o.ning shim. sohilidagi tashqi savdo va baliq ovlash porti. Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, taxta tilish, toʻqimachilik, kema taʼmirlash korxonalari bor. Milliy musiqa asboblari ishlab chikariladi. Issiklik elektr st-yasi, universitet bor. Chetga kofe, choy, shakarqand, kauchuk, kopra, tamaki chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil