Semafor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semafor (frans. semaphore, yun. sema — belgi va phoros — eltuvchi) — 1) t.yildagi muqim (statsionar) signal qurilmasi. Machta, qanotlar (1—3 ta) va kanotlarning vaziyatini oʻzgartirib turadigan yuritmadan iborat. Qanotlarning har bir vaziyati lokomativ (teplovoz yoki elektrovoz) mashinistini harakatlanishga ruxsat berish, harakatlantirishni taʼqiqlash yoki tezlikni oʻzgartirish toʻgʻrisida ogoxlantiradi. Masalan, 2 qanotli S.ning yuqori qanoti gorizontal vaziyatda tursa va taqikdovchi qizil chiroq yonsa, poyezd toʻxtashi kerak. Agar pastki qanot machta oʻqi boʻylab tik tursa va sariq chiroq yonsa, tezlikni kamaytirish kerak boʻladi. Agar yuqori qanot machta oʻqiga 135° burchak ostida tursa va yashil chiroq yonsa, poyezd belgilangan tezlikda harakatni davom ettirishi mumkin. Kechasi yoki yaxshi koʻrinmaydigan sharoitda (tuman tushganda, qor yoki yomgʻir yogʻayotganda) qoʻshimcha ravishda signal chiroklari ham yonadi; 2) harflar, raqamlar va xizmatga doir signallar maxsus alifbo (rus, lotin va boshqalar) yordamida qoʻldagi rangdor bayroqlar orqali uzatiladigan vizual (koʻrinma) aloqa vositasi. Bu usulda 2,5 km gacha uzoqqa signallarni minutiga 60—70 belgi tezlikda uzatish mumkin. Bunday S. flotda (asosan, harbiy flotda) va quruqlikdagi qoʻshinlarda qoʻllanadi; 3) dengiz (daryo) Si — taxtacha (rey)li signal machtasi. Dengiz yoki daryoning kemalar faqat bir yoʻnalishda suzishi lozim boʻlgan joyiga oʻrnatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil