Selostat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Selostat (lot. caelum — osmon va yun. statos — qoʻzgʻalmas) — osmon gumbazining sutkalik koʻrinmas harakati tufayli joyini oʻzgartiradigan osmon yoritqichlarini kuzatishga imkon beruvchi qoʻshimcha astronomik asbob. Aylanib turuvchi yassi koʻzgusi boʻlib, u yoritqich nurini qoʻzgʻalmas teleskopga yoʻnaltirib beradi. Asosan, Quyoshni kuzatish uchun ishlatiladi. S.ning ekspeditsion (olib yursa boʻladigan) va statsionar (muqim) turlari bor. Ekspeditsion S., asosan, Quyosh tutilishlarini kuzatishga moslashgan boʻlib, quyosh nurini teleskop obʼyektiviga yoki kamera koʻzgusiga yoʻnaltirib beradi. Statsionar S.larni qoʻshimcha yassi koʻzgu bilan ishlatishga toʻgʻri keladi. S. kuyosh teleskoplarida, spektrogelioskoplarda ishlatiladi. Toshkent astronomiya institutida S. kurilmali spektrogelioskop, gorizontal quyosh teleskopi bor.