Selluloid
Qiyofa
Selluloid (sellyuloza va yun. eidos — koʻrinish) - shaffof plastik material; tarkibida plastifikator va boʻyagichlar boʻlgan kolloksilin (sellyuloza nitrat) asosidagi plastmassa. Oʻlchov asboblarining koʻrsatkich oynalari, planshetlar, chizgʻichlar, muzika asboblari va yozuv mashinalari klaviaturalarini tayyorlashda qoʻllanadi. Yonuvchanligi tufayli S.ning oʻrniga boshqa sellyuloza efirlari va sintetik polimerlar koʻproq ishlatilmokda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |