Sellofan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sellofan (sellyuloza va yun. phonos — shaffof) - viskozadan maxsus usulda olinadigan yupqa (0,01 — 0,06 mm) shaffof material. Suv va havoni oʻtkazmaydi. Mol oʻrash, issiqxonalarning ustini yopish uchun, oziqovqat sanoatida (mas, kolbasa tayyorlashda), matbaada (mas, kitob muqovasiga qoplashda) va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Har xil kenglikda, oʻram-oʻram qilib ishlab chiqariladi.