Segregatsiya (metallurgiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Segregatsiya (metallurgiyada) — qotishma sovitilganda suyuq faza tarkibining oʻzgarishi va qotish jarayonida shu oʻzgarish tufayli qattiq qotishmada har xil tarkibli joylar paydo boʻlishi. S. kristallitlararo, solishtirma ogʻirlik boʻyicha (qavatli) va zonal turlarga boʻlinadi. Kristallitlararo S.ni mikroskop ostidagina payqash mumkin, solishtirma ogʻirlik boʻyicha S.ni qotishma quymasining boʻylama kesimidan tayyorlangan mikroshlifda mikroskopsiz ham koʻrsa boʻladi, zonal S.ni ham mikroskopsiz koʻrish mumkin.

Kristallitlararo S.da dastlab ajralib chiqqan qoʻrgʻoshin kristallitlari bilan shu kristallitlar orasida joylashgan evtektik aralashma (suyuq qotishmadan bir vaqtning oʻzida kristallangan ikki yoki undan ortiq xil kristallarning mexanik aralashmasi) birbiridan farq qiladi. Solishtirma ogʻirlik boʻyicha S. hosil boʻlishiga ajralib chiqadigan qattiq fazoning solishtirma ogʻirligi bilan qolgan suyuq fazaning solishtirma ogʻirligi orasida farq va qotish vaqtida sekin sovitish sabab boʻladi. Zonal S.ga sabab shuki, qolipga quyilgan suyuq qotishma qotayotganda quyma qobigʻidan ichkari tomonga uzunchoq kristallitlar oʻsib chiqib, sirtqi devor hosil qilishi tufayli suyuqlik quyma ichiga toʻplanadi, natijada S. yuz beradi. S. metallar va qotishmalarda nuqsonlar kelib chiqishiga sabab boʻladi, ularga mexanik ishlov berishni qiyinlashtiradi, ularning strukturasi va xossalarini yomonlashtiradi, S.ning oldini olish va bartaraf qilish uchun metall va krtishmalar rafinatsiyalanadi, legirlanadi, qoʻshimchalar qoʻshiladi va boshqa

Adabiyot[tahrir]

  • Toʻraxonov A.S., Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil