Sediqa Balxi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sediqa Balxi
صدیقه بلخی

Sediqa Balxi 2013-yil sentyabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1950 (yoshi 73–74)
Mozori Sharif, Balx viloyati, Afgʻoniston
Kasbi siyosatchi

Sediqa Balxi (dariycha: صدیقه بلخی) Afgʻoniston siyosatchisi va Hamid Karzay hukumatining sobiq vaziri[1].

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balxiy 1950-yilda Afgʻonistonning Balx viloyati, Mozori Sharif shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ismoil Balxiy Afgʻonistonda bir necha bor qamoqqa tashlangan va oxir-oqibat zaharlab oʻldirilgan[2]. U islomshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini tamomlaydi va Eronda qolib, keyingi taʼlim bosqichini davom ettiradi. U bir muncha vaqt oʻqituvchilik qiladi va menejer boʻlib ishlaydi[3]. Sediqa Balxi juda yosh vaqtida turmushga chiqqan va olti nafar farzandi bor. Uning akasi Seyid Ali Balxiy iqtisodchi boʻlib, Afgʻoniston kommunistik Xalq demokratik partiyasi hukmronligi davrida oʻldirilgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balxiy Tolibon hukmronligi davrida Eronning Xuroson viloyatida joylashgan afgʻon ayollarining siyosiy va madaniy faoliyati boʻyicha Islom markazida rahbarlik qilgan. Sediqa 1991-yilda Afgʻonistonga koʻchib oʻtadi va u yerda yashirincha ishini davom ettiradi[4]. 2001-yil dekabr oyida u Bonn kelishuvida ishtirok etgan uchta ayoldan biri hisoblanadi[5]. U ikki marta Meshrano Jirga (Afgʻoniston senati) deputati etib saylangan. Afgʻoniston senatida Xotin-qizlar ishlari boʻyicha qoʻmita raisi boʻlib ishlagan[2]. Sediqa 2004-yildan 2009-yilgacha Hamid Karzay hukumatida shahidlar va nogironlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[6]. 2005-yilda Balxiy va Afgʻoniston armiyasi boshligʻi Bismilloh Xon Muhammadiy bilan vertolyot halokatidan omon qolishgan. Falokat baxtsiz hodisa deb taxmin qilingan[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ngunjiri, Faith Wambura. Women and Leadership around the World (en). IAP, 2015 — 10 bet. ISBN 9781681231518. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „Sediqa Balkhi: 'He Said I Would Die If I Went to School Again'“. Huffington Post (2014-yil 2-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.„Sediqa Balkhi: 'He Said I Would Die If I Went to School Againʼ“. Huffington Post. 2 April 2014. Retrieved 7 November 2017.
  3. „Database“ (en-gb). afghan-bios.info. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  4. Kitch, Sally L.. Contested Terrain: Reflections with Afghan Women Leaders (en). University of Illinois Press, 2014 — 75 bet. ISBN 9780252096648. 2017-yil 7-noyabrda qaraldi. 
  5. Skaine, Rosemarie. Women of Afghanistan in the Post-Taliban Era: How Lives Have Changed and Where They Stand Today (en). McFarland, 2008 — 8 bet. ISBN 9780786437924. 
  6. Afghanistan Business Intelligence Report (en). Int'l Business Publications, 2000 — 24 bet. ISBN 9780739725009. [sayt ishlamaydi]
  7. „Afghan minister survives attack“. BBC (2005-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  8. „Afghan Minister Escapes Gunmen“ (en). CBS. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.