Sedimentatsion analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sedimentatsion analiz - dispers sistemalardati zarralarning oʻlchamini va polimerlar eritmasidagi makromolekulalar mol. m ni sedimentatsiya tezligi boʻyicha aniqlash usullari majmui. Bu usullar dispers likning oʻrtacha tavsifini, shuningdek, zarralarning oʻlchami yoki massasi boʻyicha taqsimlanish egrisini (polimerlar uchun molekulyarmassaviy taqsimlanishni) aniqlashga imkon beradi. Zarralar oʻlchami 1 mkm.dan katta boʻlgan dagʻal dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya) uchun gravitatsion maydondagi sedimentatsiya, kolloid sistemalar va polimerlar eritmasi uchun markazdan qochma kuch maydonidagi sedimentatsiya qoʻllanadi; markazdan qochma tezlanish 100 000 gacha tenglashib, ultratsentrifugalarda rotorning aylanish tezligini minutiga bir necha oʻn minglabgacha yetkazadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil