Seboreyali dermatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seboreyali dermatit

Seboreyali dermatit yuzdagi koʻrinishi
Terining yiringli kasalligi
KXK-10 L21.8
KXK-9 277.2
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000963

Seboreyali dermatit — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi (giperfunksiyasi) natijasida kelib chiqadigan teri kasalligi boʻlib, „seboreya“ soʻzi „yogʻ oqishi“ degan maʼnoni bildiradi. Kasallik asosida teri yogʻ bezlarining sekretor funksiyasini buzilishi yotadi, bunday holat yogʻlarning koʻp miqdorda ajralishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Kasallik belgilari koʻpincha bemorlarning balogʻat yoshlarida yuzaga keladi, jarayon asosan boshning sochli qismida, lunj sohalarida, koʻkrak hamda tana orqa teri sohalarida joylashadi. Kasallikka endokrin, asab tizimlari va ichki aʼzolar kasalliklari sabab boʻladi. Shuningdek boshning sochli qismi, bet, quloq sohalari, yelka, kurak sohasi terisining eritematoz fonida diffuz kepaklanish bilan kechuvchi teri kasalligi[1].

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻliq oʻrganilgan emas. Pityrosporum ovale zamburugʻi keltirib chiqaruvchi yoki kelib chiqishiga sabab boʻluvchi omil deb qaraladi.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seboreya kasalligining yogʻli klinik shakli inson organizmida androgenlar miqdorining koʻpayib ketishi bilan bogʻliq boʻlib, bemorlar teri yuzalari xuddi yogʻ surtib qoʻyilganga oʻxshab yaltirab turadi. Jarayon boshning sochli qismlarida sargʻimtir-jigarrang tangachalar koʻrinishlarida boʻlib, bunday teri asosida koʻpincha seboreyali ekzema, oʻchoqli alopetsiya[[]], husnbuzar kabi kasalliklar rivojlana boshlashi mumkin. Yogʻlanish jarayoni sababli, teri rN muhitining oʻzgarishi hisobiga ikkilamchi infeksiyalarning qoʻshilishi, yiringli kasalliklarning hosil boʻlishi kuzatiladi. Seboreya kasalligining quruq klinik shaklida teri yogʻ bezlaridan kam miqdorda yogʻ ajralishi holati kuzatiladi, natijada teri yuzalari qurib, poʻst tashlay boshlaydi, boshning sochli qismlarida mayda, kepaksimon tangachalar, qipiqlar paydo boʻla boshlaydi, sochlar xiralashadi, moʻrtlashadi va toʻkila boshlaydi, bemorlarni qichishish kabi salbiy holatlar bezovta qiladi[2]. Boshning sochli qismi, quloq supralari orqasida, peshona, lab-burun burmalarida, koʻkrak suti bezlari oraligʻida va yelka, kuraklar oraligʻida sargʻish-qizgʻish dogʻlar, tugunchalar paydo boʻladi, ular kengayib, dumaloq, oval koʻrinishdagi, oʻlchamlari tangadek, yuzasi kepaklanuvchi oʻchoqlar hosil boʻladi. Kepaklar siyrak, qoʻngʻir, qoʻngʻir-sargʻish tusda boʻlib, ular qirib koʻrilsa, oʻrnida namlanish va mayda nuqtali qontalashishlar (Brok-simptomi) kuzatiladi. Goʻdaklarda bu jarayon yuz, boʻyin, qorin burmalari terilariga tarqalib, rivojlangan eritema va kepaklanishlar holida kechadi. Ayrim hollarda boshda, yonoqlar, qovoqlarda kuzatiladi. Jarohatlangan teri qichishadi va koʻp miqdorda Pityrosporum obale aniqlanadi[3].

Tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Soʻrab-surishtirish
  • Anamnez maʼlumotlar
  • Shubxali joylarda boʻlganligi
  • Xarakterli klinik koʻrinishi.
  • Laborator tekshirishlar.

Differensial tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy davo (asosiy)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • — fungitsid vositalar (2 % nizoral kremi, nizoral shampuni);
  • — dezinfeksiyalovchi vositalar (2-5 % li oltingugurt, salitsil kremi, 2-5

% ixtiol pastasi);

  • — kuchsiz kortikosteroid kremlari, qisqa muddat (1 % gidrokortizon

kremi)[4].

Umumiy davo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A. M. Mannonov, Q. N. Xaitov. Teri va tanosil kasalliklari, 2016, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» — 267 bet. ISBN 978-9943-13-601-4. 
  2. A. M. Mannonov, Q. N. Xaitov. Teri va tanosil kasalliklari, 2016, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» — 265-266 bet. ISBN 978-9943-13-601-4. 
  3. Vaisov, Atham. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: Yangi asr avlodi — 125 bet. ISBN 978-9943-08-299-1. 
  4. Leeming J.P. Use of topical lithium succinate in the treatment of seborrhoeic dermatitis (англ.) // Dermatology (англ.)рус. : journal. — 1993. — Vol. 187, no. 2. — P. 149—150. — doi:10.1159/000247228. — PMID 8358107
  5. Selenium sulfide. DermNet NZ. dermnetnz.org. Дата обращения: 5 июля 2016. Архивировано 26 декабря 2008 года