Kontent qismiga oʻtish

Scott Fraser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Scott Fraser
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Scott Stewart Fraser[1]
Tavallud sanasi 30-mart 1995-yil (1995-03-30) (29 yosh)
Tavallud joyi Dundee, Shotlandiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Charlton Athletic
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2014 Dundee United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Dundee United 81 (9)
2014—2015Airdrieonians (ijara) 28 (5)
2018—2020 Burton Albion 72 (11)
2020—2021 Milton Keynes Dons 44 (14)
2021—2022 Ipswich Town 15 (1)
2022 Charlton Athletic 26 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Scott Stewart Fraser (talaffuzi: Skott Styuart Freyzer) (1995-yil 30-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Scott Fraser Birinchi Liga vakili „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Scott Fraser avvalroq „Dundee United“, „Airdrieonians“, „Burton Albion“, „Milton Keynes Dons“ va „Ipswich Town“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dundee United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Scott Fraser 2011—2012-yilgi mavsum boshida yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga qoʻshildi, ammo oyogʻidan jarohat olgani tufayli esa u butun mavsum davomida maydonga tusha olmadi[2]. Jarohatidan tuzalgach, Scott Fraser 2013—2014-yilgi mavsumda „Dundee United“ klubining U20 oʻyinchisi deb topildi[2]. Scott Fraser 2014-yilning 11-mayida Shotlandiya Premer-ligasining soʻnggi oʻyinida, „Celtic“ futbol klubi mehmoni boʻlib oʻtgan oʻyinda oʻrinbosar sifatida jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[3].

2014-yil 10-oktabrda Scott Fraser „Airdrieonians“ klubi bilan 2015-yilning yanvarigacha ijaraga shartnomasini imzoladi (keyinroq bu shartnoma muddati 2015-yilning mayigacha uzaytirildi)[4].

Scott Fraser 2017-yilning noyabr oyida Shotlandiya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[5]. „United“ klubining asosiy jamoasidagi uch mavsumdan soʻng Fraser 2018-yilning may oyida klubni tark etishga qaror qildi[6].

Burton Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 5-iyulida Scott Fraser Angliya Birinchi ligasi vakili „Burton Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. Scott Fraser 2018-yilning 4-avgustida oʻz maydonida „Rochdale“ futbol klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[8].

Milton Keynes Dons[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 9-sentyabrda Scott Fraser Birinchi liga vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. Fraser 2020-yil 19-sentabrda „Lincoln City“ futbol klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi[10]. U klub uchun birinchi golini 2020-yil 10-oktabrda „Portsmouth“ klubiga safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda kiritdi[11]. Scott Fraser „MK Dons“ oʻyinchilari tomonidan 2021—2022-yilgi mavsumda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[12].

Ipswich Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 14-iyulda Scott Fraser „Ipswich Town“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[13]. Scott Fraser klubdagi ilk oʻyinini 2021-yil 7-avgustda oʻtkazdi[14].

Charlton Athletic[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 31-yanvarida Scott Fraser nomaʼlum toʻlov evaziga Birinchi Liga vakili „Charlton Athletic“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi muddati 2025-yilgacha amal qilinishiga kelishib olingan edi[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Dundee United 2013—2014 Shotlandiya Premer ligasi 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2014—2015 Shotlandiya Premer ligasi 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2015—2016 Shotlandiya Premer ligasi 32 1 2 1 2 1 - 36 3
2016—2017 Shotlandiya chempionati 25 4 1 0 5 1 6 1 37 6
2017—2018 Shotlandiya chempionati 23 4 0 0 4 1 5 1 32 6
Jami 81 9 3 1 11 3 11 2 106 15
Airdrieonians (ijara) 2014—2015 Shotlandiya Birinchi ligasi 28 5 2 0 0 0 0 0 30 5
Burton Albion 2018—2019 Birinchi liga 42 6 1 0 6 1 1 0 50 7
2019—2020 Birinchi liga 30 5 4 2 4 1 3 1 41 9
Jami 72 11 5 2 10 2 4 1 91 16
Milton Keynes Dons 2020—2021 Birinchi liga 44 14 3 0 0 0 3 0 50 14
Ipswich Town 2021—2022 Birinchi liga 15 1 3 0 1 0 1 0 20 1
Charlton Athletic 2021—2022 Birinchi liga 9 0 - - - 9 0
2022—2023 Birinchi liga 17 3 0 0 1 0 0 0 18 3
Jami 26 3 0 0 1 0 0 0 27 3
Jami 266 43 16 3 23 5 19 3 324 54

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2019“. English Football League. Qaraldi: 13-iyul 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 „Scott Fraser Dundee United Review – World In Sport – World In Sport“. worldinsport.com (14-may 2014-yil).
  3. „Dundee United FC - Under-20s“. www.dundeeunitedfc.co.uk. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Airdrie add Fraser on loan“. Scottish Professional Football League (10-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2014-yil.
  5. „Dundee United's Scott Fraser gets player of the month award“. The Courier (14-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2020-yil.
  6. „Scott Leaves United“. Dundee United FC (22-may 2018-yil). Qaraldi: 22-may 2018-yil.
  7. „Scott Fraser: Burton Albion sign Dundee United attacking midfielder“. BBC Sport (5-iyul 2018-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  8. „Burton Albion 1–2 Rochdale“. BBC (4-avgust 2018-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2020-yil.
  9. „Scott Fraser: MK Dons sign ex-Dundee United & Burton Albion midfielder“. BBC (9-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2020-yil.
  10. „Milton Keynes Dons 1–2 Lincoln City“. BBC (19-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
  11. „Portsmouth v Milton Keynes Dons“. Sky Sports. Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.
  12. „Lewington named Player of the Year!“. Milton Keynes Dons (7-may 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  13. „Scott Fraser Is A Blue!“. Ipswich Town FC. Qaraldi: 14-iyul 2021-yil.
  14. „Ipswich Town 2-2 Morecambe“. BBC Sport.
  15. „DONE DEAL: Scott Fraser is an Addick!“. Charlton Athletic Official Site (31-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.