Sazagʻonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sazagʻonsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasi shim. yon bagʻridan, Oʻrtabel dovoni (bal. 1780 m) yonidagi buloqdan boshlanadi. Uz. 27 km, havzasining maydoni 32,8 km². Yuqori qismida daryo va uning koʻp sonli irmoqlari quriydi. Boshlanishidan 9 km oʻtgach (Sazagʻon qishlogʻi yonida), suvi asosan, sugʻorishga sarflanadi. Faqatgina sersuv yillarda daryo suvi quyilish joyi Eski Anhor kanaliga yetib boradi. Krryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Sazagʻon qishlogʻi yonida 0,381m³/sek., oʻrtachaoqim moduli 14,2 l/sek.km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,830 m³/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,068 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Yogʻin koʻp boʻlgan davrda (mart—may oylarida) daryodan sel keladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil